23-07-2025 05:24
TASS agentligining yozishicha, O‘zbekiston fuqarosi Akmaljon B. Rossiyaga kirishda radikal diniy blogerlar kanallarini tomosha qilgani va terrorchilik faoliyati haqidagi videolarni ko‘rgani uchun to‘xtatilgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, chegara xizmati uning bunday kontentga qiziqishini xavfli deb baholagan va bu holat Rossiya xavfsizligiga tahdid sifatida qabul qilingan.
Shuningdek, Tojikiston fuqarosi Dilshod A. ham YouTube’da taqiqlangan islomiy radikal va aksilrossiya kontentlariga obuna bo‘lgani bois chegaradan o‘tkazilmagan. Tekshiruv davomida u radikal ruhdagi videolarni ko‘rgani va Rossiyaga qarshi targ‘ibotni kuzatgani aniqlangan.
Ayrim holatlarda fuqarolar ukrainparast kanallarga obuna bo‘lgani yoki Rossiya huquq-tartibot organlari faoliyatini tanqid qilgan yozishmalarni yuborgani qayd etilgan. Ular chegarani kesib o‘tishdan oldin messenjerlardagi yozishmalarni o‘chirishga uringan bo‘lgan.
TASS ta’kidlashicha, bu kabi tekshiruvlar 2024-yil mart oyidagi «Crocus City Hall»dagi terrorchilik hujumidan so‘ng kuchaytirilgan. Hujumda ishtirok etganlikda Tojikiston fuqarolari gumon qilingan edi.
So‘nggi 1,5-yilda 20 nafardan ziyod fuqaro ushbu rad etish qarorlarini sud orqali bekor qilishga urinadi, biroq barcha holatda sudlar chegarachilar pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagan.