25-07-2025 05:58
Unga ko‘ra, viloyatda ichimlik suvining o‘rtacha iste’moli soniyasiga 12 ming litrga yetadi, ba’zan bu ko‘rsatkich 13 ming litrdan oshadi.
Uning ta’kidlashicha, yillik ichimlik suvi iste’moli allaqachon 380 million kub metrni tashkil etadi va bu jiddiy boshqaruvni talab qiladigan katta ko‘rsatkichdir. Qishloq joylarda aholi 90 million kub metr suv iste’mol qiladi.
G‘afarzodaning aytishicha, hozirda viloyatdagi beshta shahar qizil maqomda (inqiroz holati), to‘qqizta shahar esa inqiroz ostonasida turibdi. Tabriz ham ana shunday inqirozli shaharlar sirasiga kiradi, deb xabar beradi report.az.