24-07-2025 14:04
Bloomberg xabar berishicha, neyrotexnologik startap AQSHda beshta maxsus klinika ochib, u yerda bemorlarga kamida uch turdagi chipni taklif qilmoqchi. Ularning biri — Blindsight — ko‘r uvozlar va ko‘rish qobiliyati pasayganlar uchun mo‘ljallangan. Ikkinchisi Parkinson kasalligidan aziyat chekuvchilarda nevrologik alomatlarni yengillashtirishni maqsad qiladi. Uchinchi turdagi neyrochip esa miya orqali kompyuter va boshqa qurilmalarni boshqarish imkonini beruvchi Telepathy dasturidir.
Ayni paytgacha Neuralink texnologiyasi jami 10 nafar bemorda sinab ko‘rilgan. Ular hamon klinik sinovlar bosqichida bo‘lib, bu chiplar doimiy tibbiy foydalanish uchun hali litsenziya olmagan. Jumladan, Blindsight va Parkinson kasalligiga qarshi chiplar hali amalda sinab ko‘rilmagan.
Shu bilan birga, kompaniya shunday innovatsiyalarga yo‘l ochish orqali katta bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilmoqda. Agar rejalar amalga oshsa, bu kompaniya uchun katta miqdordagi daromad va tibbiyotda yangi davrning boshlanishini anglatadi.