24-07-2025 12:41
Jang 26-iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Kardilo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jangda ishtirok eta olmasligi ma’lum qilindi:
Bahodir Jalolov va Janmarko Kardilo o‘rtasidagi og‘ir vazn toifasidagi jang bekor qilindi. Kardilo sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jangdan voz kechishga majbur bo‘ldi, — deyiladi Top Rank bayonotida.
The Bakhodir Jalolov-Gianmarco Cardillo Heavyweight fight has been canceled after Cardillo was forced to withdraw due to a medical issue.
First bell for Saturday’s #ZayasGarcia event at @TheTheaterAtMSG will now be 6PM ET.
— Top Rank Boxing (@trboxing) July 23, 2025
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 15 marta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bahsda ochkolar hisobiga raqibdan ustun kelgan. U so‘nggi jangini 5-aprel kuni Ostona shahrida ukrainalik bokschi Igor Shevadzutskiyga (12-3, 10 KO) qarshi o‘tkazgan edi. Ushbu bahsda Jalolov hakamlar yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan.