Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq borayotgani maʼlum qilindi
06.09.2024 18:13
Turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari koʻproq qaysi mamlakatlarga tashrif buyurayotgani haqidagi axborot ochiqlandi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan. Bundan tashqari, yurtdoshlarimiz eng koʻp Qirgʻiz Respublikasiga tashrif buyurganini koʻrishimiz mumkin.
Turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha TOP 10 quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
Tojikiston – 676,4 ming nafar;
Qozogʻiston – 526,4 ming nafar;
Rossiya – 159,7 ming nafar;
Turkiya – 123 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;
BAA – 70,6 ming nafar;
Misr – 22,2 ming nafar;
Quvayt – 16,7 ming nafar;
Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar.
Boshqa davlatlarga sayohat qilgan yurtdoshlarimizning soni esa 91,5 ming nafardan oshishi maʼlum qilingan.