15-07-2025 11:47
— 11-iyul kuni Quyoshda faol markazlar soni va maydoni tez o‘sdi: jumladan Yerdan ko‘rinmaydigan narigi tomonda ham, — deyilgan laboratoriya saytida. — Bu jarayonni hozir “Solar Orbiter” fazoviy qurilmasi kuzatmoqda. Boshqacha aytganda, faollik dunyo miqyosida oshgan.
Astronomlar shanba kuni ertalabdan Quyoshning chap chekkasida ikki marta kuchli, M darajali chaqnash qayd etgan.
Ta’kidlanishicha, bunday faollik Yer uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid keltirib chiqarmaydi.
Institut Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev avvalroq "RIA Novosti"ga Yerda yirik quyosh chaqnashi va magnit bo‘roni xavfi yana ikki-uch yil saqlanib qolishini aytgan. May oyida olingan ma’lumotga asoslanib, u joriy 25-turkumning eng yuqori darajasi o‘tganini taxmin qildi.
Olim ta’kidlashicha Quyoshning faolligi aniq pasayish bosqichiga o‘tgan va 2030-yilgacha to‘xtaydi. Keyingi cho‘qqi 2034-2036-yillarga to‘g‘ri keladi.