15-07-2025 10:41
Xaridor yaponiyalik xususiy kolleksioner bo‘lgan, uning shaxsi oshkor etilmagan.
Bundan oldingi rekord timsoh terisidan ishlangan hamda brilliantlar qadalgan Hermès Kelly sumkasiga tegishli bo‘lib, u 2021-yilda kimoshdi savdosida 513 ming dollarga pullangandi.
Auksion uy xabarida aytilishicha, Birkin sumkasi 10 daqiqa davom etgan savdoda sotilgan, unda to‘qqiz nafar xaridor ishtirok etgan.
Eng ko‘p xohlanadigan moda aksessuari
Qora charm sumka 1985-yilda qo‘shiqchi va aktrisa Jeyn Birkin uchun tayyorlangandi, o‘shanda u samolyotda Hermès boshqaruv raisi Jan-Lui Dyum bilan yonma-yon o‘tirganida sumkasini tushirib yuborgan, uning ichidagi buyumlari sochilib ketgandi. Jeyn Birkin o‘shanda qo‘shnisidan modalar uyi nega ayollar uchun cho‘ntaklari qulayroq bo‘lgan kattaroq sumkalar ishlab chiqarmasligi haqida so‘raydi.
Jan-Lui Dyuma ko‘p o‘tmay aktrisaning xohishiga mos keladigan ayollar sumkasi eskizini chizadi.
Keyinroq Hermès modalar uyi ushbu dizayndagi sumkalarni sotuvga chiqaradi va bu aksessuar vaqt o‘tib dunyodagi eng taniqli va ko‘pchilik qo‘lga kiritishni istaydigan hashamatli aksessuarlardan biriga aylanadi.
1994-yilda Jeyn Birkin OITSga qarshi kurashuvchi xayriya tashkilotiga mablag‘ yig‘ish uchun o‘z sumkasini auksionga qo‘yadi.
1994-yilda Jeyn Birkin OITSga qarshi kurashuvchi xayriya tashkilotiga mablag‘ yig‘ish uchun sumkani auksionda sotgan.
Sotheby’s auksion uyi vakili Morgan Halimi sumkaga berilgan narx «afsonaning hayratomuz kuchi» va uning kolleksionerlarni noyob tarixga ega narsalarni sotib olishga undash qobiliyatini namoyish etishini ta’kidladi.
«Birkin sumkalari prototipi – aynan shunday, buyuk tarix boshlangan narsa, bizga zamonaviy idolni bergan narsa, Birkin sumkasi – dunyodagi eng orzu qilinadigan sumka», – degan Halimi.
Hozirda Birkin’ning ayrim modellari o‘n minglab dollar turadi. Bunday sumkalar egalari qatorida – Keyt Moss, Viktoriya Bekhem va Jennifer Lopes kabi mashhurlar bor.