09-07-2025 04:51
Mazkur tashabbus aholiga qulay shart-sharoit yaratish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kasb-hunarga o‘qitish orqali bandlikni oshirish hamda mahalliy iqtisodiyotni jonlantirishga qaratilgan.
Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimining qarori imzolandi. Unga ko‘ra, markazlarda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay binolar, aholiga xizmat ko‘rsatish nuqtalari, o‘quv kurslari va boshqa ijtimoiy infratuzilma inshootlari joylashadi.
Mahalla markazlarida tashkil etiladigan ish o‘rinlari mahalliy aholi, ayniqsa, kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari band qilinadi. Ular tegishli kasblarga o‘qitilib, markazlarda faoliyat yuritishlari uchun zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi.