04-07-2025 06:39
13–15 yoshli foydalanuvchilar strimni faqat katta yoshli shaxs ishtirokida va uning hamrohligida amalga oshirishlari mumkin. Agar bunday sharoitga rioya etilmasa, quyidagi cheklovlar qo‘llaniladi:
YouTube’ning ma’lum qilishicha, 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchi mustaqil ravishda jonli efir o‘tkazishi uchun kanalda katta yoshli shaxs menejer, tahrirchi yoki egasi sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va kadrda ham ko‘rinib turishi shart. Qoidalarni qasddan chetlab o‘tish — masalan, boshqa akkaunt orqali strim uyushtirish — platforma siyosatini buzish deb baholanadi va bu holat akkaunt yopilishiga olib kelishi mumkin.
YouTube ushbu o‘zgarishlar yuzasidan rasmiy bayonot bermagan bo‘lsa-da, platforma vakillarining ta’kidlashicha, bu choralar yosh foydalanuvchilarni shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi, chatdagi noqulay muloqotlar va boshqa onlayn xavflardan muhofaza qilish maqsadida qabul qilinmoqda.
Shuningdek, YouTube jonli efirlarni “oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan format” sifatida baholaydi va bu turdagi kontent alohida nazoratni talab qiladi. Shu sababli, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida platforma tomonidan qat’iy cheklovlar joriy etilmoqda.
Platforma vakillariga ko‘ra, ushbu yangiliklar yangi blogerlar uchun ma’lum darajada murakkablik tug‘dirishi mumkin, ammo har qanday natijaga qaramay, o‘smirlarning xavfsizligi ustuvor vazifa sifatida qolmoqda.