03-07-2025 14:51
Mutaxassislarning fikricha, bunday holat inson salomatligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, bu erta o‘lim holatlari sonining oshishiga olib kelmoqda. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, aynan ijtimoiy ajralganlik va yolg‘izlik sabab har soatda deyarli 100 nafar, yiliga esa 871 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yummoqda. Shuning uchun tashkilot ushbu holatni global sog‘liq muammosi sifatida emas, balki yangi turdagi epidemiya sifatida baholamoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 13 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan insonlarning 17–21 foizi o‘zini yolg‘iz deb hisoblaydi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar aynan o‘smirlar orasida kuzatilmoqda.
Shuningdek, past daromadli mamlakatlarda respondentlarning 24 foizi yolg‘izlikni boshidan kechirayotganini bildirgan. Bu ko‘rsatkich yuqori daromadli davlatlardagidan (taxminan 11 foiz) ikki barobar yuqoridir.
JSST ushbu xavfli tendensiyani jilovlash maqsadida barcha davlatlarni, hamjamiyatlar va fuqarolik jamiyatini ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, hamjihatlikni targ‘ib qilish va insonlar o‘rtasida ruhiy qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishga faolroq hissa qo‘shishga chaqirdi.