02-07-2025 15:08
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida O‘zbekiston Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Ozarbayjonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar va mamlakat erishayotgan yuksak natijalardan chin dildan xursand ekanini ta’kidladi.
– Siz otangiz va har bir ozarbayjonlikning azaliy orzusini ro‘yobga chiqardingiz - mamlakat hududiy yaxlitligini tikladingiz. Qaytarib olingan hududlarning iqtisodiyoti va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib boryapsiz, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.