02-07-2025 12:14
2025-yil 2-iyuldan boshlab, o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning yillik daromadi agar 100 mln so‘mdan oshsa, uning aylanmasidan soliq avtomatik ravishda ushlab qolinadi. Yangi Qarorga muvofiq, yuridik shaxslar — soliq agentlari (taksi, yetkazib berish va ovqat yetkazish platformalari) soliqni o‘zlari ushlab qolib, Soliq qo‘mitasiga o‘tkazib beradi.
Yandex Go xizmatlari bilan ishlaydigan haydovchi va kuryerlar uchun bu jarayon allaqachon avtomatlashtirilgan.
Ushlab qolingan summa haqida ma’lumotlar Yandex Pro ilovasida ko‘rinadi, ijrochilarga esa tegishli xabarnomalar yuboriladi.