02-07-2025 10:13
Bu orqali tibbiyot muassasalarida zarur sharoitlar yaratish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha kerakli choralar ko‘rish kabi qator maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Ushbu dastur ijrosini sifatli ta’minlash, loyiha uchun ajratilayotgan mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, bu borada turli korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun jamoatchilik nazorati juda muhim. Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi barchani hamkorlikka chaqiradi.
Agar Siz hududlarda “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi doirasida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasining (71) 241-10-65 yoki respublika bo‘yicha yagona 1203 raqamli “Ishonch telefoni” hamda t.me/ssvantikor_bot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.