01-07-2025 11:59
Joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
2-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.