Bayram kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati e'lon qilindi
31.08.2024 15:36
Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.
Jami 25 ta bank orqali bayram va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt kun — 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam olishadi. Bu boʻyicha oʻtgan yili prezidentning tegishli farmoni qabul qilingandi.
Shundan kelib chiqib, dam olish kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:
“Agro bank”;
“Asisa Alliance bank“;
“Aloqa bank“;
“Anor bank“;
“Asaka bank“;
“Biznesni rivojlantirish banki“;
“Garant bank“;
“Davr bank“;
“InFinbank“;
“Ipoteka bank“;
“Ipak Yoʻli banki“;
“Madad Invest bank“;
“MKBank“;
“Octobank“;
“Orient Finance bank“;
“Poytaxt bank“;
“Sanoatqurilishbank“;
“Saderat bank“;
“Trast bank“;
“Turon bank“;
“Universalbank“;
“Xalq banki“;
“Hayot bank“;
“Hamkorbank“;
“Oʻzmilliybank“.
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham mavjud.