11-11-2025 09:48

Ma’lum qilinishicha, Tuluzadagi zavodda dasturning ilk samolyoti — gigant Airbus A350-1000ULR yig‘ilgan. Muhandislar allaqachon fyuzelyajning asosiy qismlarini birlashtirib, qanot, dum qanotlari va shassini o‘rnatgan. Birinchi samolyotni yetkazib berish kelgusi yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.
A350-1000ULR Qantas tarixidagi eng uzoq masofali yo‘lovchi samolyoti bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, u havoda 22 soatgacha bo‘lishi mumkin (Melburn va Nyu-York orasidagi masofa taxminan 16,7 ming km). Buning uchun samolyotga hajmi 20 ming litr bo‘lgan qo‘shimcha markaziy yonilg‘i baki o‘rnatilgan.
Samolyotda atigi 238 ta o‘rindiq bo‘ladi, boshqa A350-1000 samolyotlarida esa taxminan 400 ta.
Aytish joizki, 2019 yilda Qantas samolyoti “London — Sidney” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nishsiz parvozni amalga oshirgan. Boeing-787-9 Dreamliner samolyoti sinov parvozi paytida 19 soat 19 daqiqa havoda bo‘lgan va 17,8 ming kilometr masofani bosib o‘tgan.
Parvoz vaqtida Boeing-787-9 bortida bor-yo‘g‘i 50 kishi bo‘lgan, ammo u 250 nafardan ortiq yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega.
Mutahassislar fikricha, yangi A350-1000ULR’ning ishga tushirilishi Qantas uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuningdek, bu Airbus kompaniyasiga Boeing bilan global raqobatda qo‘shimcha ustunlik beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning XPeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi vertikal uchish va qo‘nish imkoniyatiga ega uchuvchi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ygandi.
