28-06-2025 12:13
Bugungi kunda so‘z erkinligi, haqqoniy va tezkor axborot yetkazish, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashda siz – jurnalistlar, blogerlar va axborot sohasi vakillarining o‘rni beqiyosdir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat bilan olib borayotgan faoliyatingiz tahsinga loyiq!
Kasb bayramingizda sizlarga sihat-salomatlik, ijodiy parvoz, mustahkam ijtimoiy mavqe va har so‘zda adolat bo‘lishini tilaymiz. Qalamingiz o‘tkir, e’tiboringiz doimo xalq bilan bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Protsess.uz jamoasi.