02-09-2025 13:12
Unda aytilishicha, mazkur idish G‘aznaviylar davrida yaratilgan bo‘lib, o‘sha davrda tantanali marosimlarda hamda uy bezaklarida keng qo‘llanilgan. U hunarmandlarning yuqori darajadagi mahorati va o‘sha davr badiiy an’analarini aks ettiradi.
Artefakt O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida o‘z o‘rnini egallaydi. Markazning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston tarixiga oid noyob topilmalarni jamlash, ularni tadqiq etish va xalqaro miqyosda namoyish qilishdan iborat.
Mazkur topilmaning qaytarilishi milliy merosni yanada boyitishga va kelajak avlodlarga qadimiy tarixni yanada chuqurroq anglatishga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Bundan avval Payg‘ambar Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yozgan maktublarining papirusga ko‘chirilgan nusxasi Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.