19-09-2025 10:20

18 sentyabr kuni, Donald Tramp Buyuk Britanayaga davlat tashrifidan qaytganida, Air Force One samolyotida jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda uning faoliyatiga salbiy munosabat bildirgan teleradiokompaniyalar va gazetalarni jazolash bo‘yicha fikr bildirdi.
Trampning aytishicha, AQSHdagi 97 foiz telekanallar unga qarshi ishlamoqda, lekin bu holatga qaramay, u 7 ta asosiy shtatda g‘alaba qozongan. Shunday ekan, u ushbu telekanallar va ommaviy axborot vositalarining litsenziyalarini olish zarurligini ta’kidladi.
Biroq, federal aloqalar komissiyasi (FCC) tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, telekanallar uchun litsenziya talab qilinmaydi. Mazkur komissiyaning rasmiy saytda belgilangani bo‘yicha, mahalliy telekanallar o‘z faoliyatlarini litsenziyasiz davom ettirishi mumkin.
Trampning bu bayoni ABC telekanali tok-shou boshlovchisi Jimmi Kimmelni ishdan olishidan keyin berilgan. Tramp Kimmelni «iste’dodsiz» deb atagan va uning shouci past reytinglarga ega bo‘lgani uchun uning ishdan olinganini aytib o‘tgan.
Kimmel shousining noma’lum muddatga to‘xtatilishi natijasida, Disney va boshqa yirik media kompaniyalariga qarshi boykot chaqiriqlari kelib chiqqan. 18-sentyabrda Los-Anjelesdagi Walt Disney Studios ofisi oldida taxminan 200 kishi Disneyning qarorini qoralagan va kasaba uyushmalari tomonidan tashkil qilingan namoyishga ishtirok etgan.
Avvalroq Donald Tramp «The New York Times» nashrini unga nisbatan uzoq yillar davomida yolg‘on va tuhmat tarqatganlikda ayblab sudga bergan.
