Xitoylik olimlar “abadiy” yadro batareyasini yaratdi
29.09.2024 11:48
Xitoylik muhandislar guruhi radioaktiv izotop parchalanishi orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan mikroyadro batareyasini ishlab chiqdi. Kimyoviy batareyalardan farqli oʻlaroq, u oʻnlab yillar davomida ishlatilishi mumkin.
Qurilma oz miqdorda radioaktiv amerisiy qoʻshilgan polimer kristaliga asoslangan. Kristal koʻp yillar davom etishi mumkin boʻlgan nur ishlab chiqaradi. Uning tepasi qismida yorugʻlikni ushlaydigan va uni elektrga aylantiradigan fotoelement mavjud.
Batareyaga harorat, bosim va magnit maydon kabi atrof-muhit omillari taʼsir qilmaydi. Shunday qilib, u Yerda borish qiyin boʻlgan joylarda ham, kosmosda ham, masalan, maxsus sensorlarni quvvatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.