03-09-2025 05:54
Unda ishtirok etuvchilar ertalab soat 9:00 dan kechki 00:00 gacha kompyuter o‘yinlari bilan band bo‘ladi. Mashg‘ulotlar davomida faqat tushlik va yugurishga qisqa tanaffuslar ajratiladi. Qolgan soatlarda geymerlarga o‘rnidan turishga ruxsat berilmaydi. Bir haftalik kursning narxi bir necha yuz AQSH dollarini tashkil etadi, 22 kunlik to‘liq kurs uchun to‘lov esa 1,4 ming dollar etib belgilangan.
Mazkur tashabbus Xebey provinsiyasida joylashgan kompyuter klubi egasi Su Chenxao tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Klub 2018-yilda ochilgan bo‘lib, dastlab professional kibersportchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Biroq yoshlarning aksariyati onlayn o‘yinlarga mukkasidan ketib, kompyuterni ta’lim yoki ijtimoiy muammolardan qochish vositasiga aylantirgan. Shu sababli klub faoliyati yo‘nalishi qisman o‘zgartirilib, qaramlikka qarshi terapiya dasturi ishlab chiqilgan.
Hozirga qadar muassasada 4 ming nafar bola o‘qitilgan, ularning 85 foizida onlayn-o‘yinlarga qaramlik kuzatilgan. Bu esa o‘quvchillarning maktab va OTMlardagi faoliyati va kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Klub rahbari Su Chenxaoning so‘zlariga ko‘ra, qaramlikdan qutulish dasturidagi o‘yinlar borgan sari shunchalik murakkablashib ketadi-ki, ba’zi ishtirokchilar buni ko‘tara olmaydi. Masalan, dastlabki kunlardanoq bir o‘yinchi tutqanoqqa uchragan, yana biri esa esa terapiyaning ikkinchi kunida kursni yig‘lab tark etgan.
Shunga qaramay, Xitoyda bunday markazlarga talab oshib bormoqda. Sichuan provinsiyasidagi o‘xshash klub so‘nggi sakkiz yil ichida 700 nafar talabani qabul qilgan, biroq ularning atigi uchtasi professional darajaga erisha olgan. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, oddiy o‘yinchining professional kiber-sportchiga aylanish ehtimoli 120 mingdan birni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Xitoy hukumati ham yoshlar orasida onlayn o‘yinlarga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan qat’iy choralar ko‘rmoqda. 2021-yilda qabul qilingan yangi tartibga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar haftasiga atigi uch soat davomida kompyuter o‘yinlarini o‘ynash huquqiga ega.