14-08-2025 07:17

Ilgari texnologiya faqat borish qiyin bo‘lgan hududlardagi maktablar uchun pilot loyihalarda qo‘llanilgan.
Starlink – Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan global sun’iy yo‘ldosh internet tizimi. U optik tolali liniyalarni yotqizish imkonsiz yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan eng chekka va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ham yuqori tezlikdagi internetni ta’minlovchi minglab past orbitali sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘idan foydalanadi.
An’anaviy sun’iy yo‘ldosh internetdan farqli o‘laroq, Starlink past orbitalarda (taxminan 550 kilometr) ishlaydi, bu past kechikishni (ping) ta’minlaydi va hatto qishloq joylarda ham barqaror video aloqa, striming va onlayn ishlash imkonini beradi, deb xabar berdi tengrinews.kz.
