12-08-2025 11:56
U paranoyya va gallyutsinatsiya belgilari bilan kasalxonaga kelgan va shifokorlar uni bromid bilan zaharlanganini aniqlagan. Aniqlanishicha, u ChatGPT maslahati bilan uch oydan buyon osh tuzi o‘rniga internetdan sotib olgan bromidni iste’mol qilib kelgan. Tahlillarga ko‘ra, zaharlanish psixiozga olib kelgan va u majburiy ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemor suv ichishdan ham bosh tortgan va qo‘shnisi tomonidan zaharlanganiga ishongan. Uning aytishicha, tuz iste’molini kamaytirish niyatida ChatGPT tavsiyasini bajargan. Tekshiruvda sun’iy intellekt xavf haqida ogohlantirmasdan bunday tavsiya berishi mumkinligi tasdiqlangan.
Vashington universiteti shifokorlari bromid bir vaqtlar tibbiyotda qo‘llanilganini, ammo uzoq muddatli iste’mol zaharli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangandan keyin undan voz kechilganini eslatdi. Hozirda u faqat ayrim veterinariya preparatlarida uchraydi.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ChatGPT ba’zi foydalanuvchilarga yolg‘on va bema’ni fikrlar ayta boshlagan. Shifokorlar buni «sun’iy intellekt psixozi» deb atashmoqda, chunki u odamlarda noto‘g‘ri qarashlar va xayoliy tasavvurlarni kuchaytiradi. OpenAI bunday holatlarni tan olgan va shaxsiy hayotga daxldor masalalarda maslahat berishni cheklashga va’da bergan.
Avvalroq, ChatGPTdan haftasiga 700 millionga yaqin odam foydalanayotganligi haqida xabar bergan edik.