31-07-2025 11:52
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiyot, investitsiya va madaniyat sohalaridagi masalalar muhokama qilindi. Qambarota GES-1 hamda “Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish kabi qo‘shma loyihalar doirasida o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi, deb yozadi Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarini yo‘naltirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
"Yakunda Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy salom yo‘llab, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga mas’uliyatli davlat faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tiladi", deyiladi xabarda.