24-06-2025 17:13
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketish terminalida (ro‘yxatdan o‘tish zali) joylashgan “Qo‘noq” brendi ostidagi kapsula mehmonxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Endi, yo‘lovchilar o‘z parvozlariga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin steril bo‘lmagan hududda bemalol dam olishlari mumkin.
Har bir kapsula individual yopiq joy bo'lib, ortopedik matras, choyshablar to'plami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual shamollatish va yoritish tizimlari, rozetkalar va zaryadlash moslamalari uchun USB portlar bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish uchun shaxsiy seyf, oyna, kiyim ilgich va soatli ekran mavjud. Kapsula optimal mikroiqlimni saqlab turadi.