Qurilish sohasi faxriylari kengashiga rais tayinlandi
12.09.2024 09:16
Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi sobiq rahbari Kozim To‘laganov Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi sifatida ish boshladi.
Kozim To‘laganov 2017-yildan buyon qurilish sohasidagi muhim lavozimlarda ishlab kelayotgandi. U Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Kozim To‘laganov 1949-yilda tug‘ilgan. 1997-2001-yillarda Toshkent shahri hokimi, keyinroq bosh vazir o‘rinbosari va Toshkent viloyati hokimi (2005-yilgacha) sifatida ishlagan.