30-07-2025 05:28
2026 yilda Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining qur’a tashlash marosimi Sidney shahrida o‘tkazildi. Unga ko‘ra, musobaqada ishtirok etuvchi 12 ta jamoa uchta guruhga bo‘lindi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng musobaqa finaliga yo‘l oldi va kuchli raqiblar — KXDR, Xitoy hamda Bangladesh bilan «B» guruhidan joy oldi. Amaldagi chempion Xitoy va KXDR jamoasi bilan bir guruhda ishtirok etish O‘zbekiston uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, guruhlar quyidagicha shakllandi:
«A» guruhi: Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron, Filippin;
«B» guruhi: KXDR, Xitoy, O‘zbekiston, Bangladesh;
«S» guruhi: Yaponiya, Vetnam, Hindiston, Xitoy Taypey.
Musobaqaning final bosqichi 2026 yil 1–21 mart kunlari Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.