22-06-2025 11:09
"Bugun biz Istanbul shahrida IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida jahonda beqarorlik kuchayib borayotgan o'ta notinch va murakkab bir paytda yig'ildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Diplomatiya asosida zarur yechimlarni ishlab chiqish uchun umumiy sa'y-harakatlarimizni birlashtirish muhim ahamiyatga ega. Biz doimo barcha ziddiyatlarni muzokara yo'li bilan hal etishga chaqirganmiz.
Markaziy Osiyo mintaqasi hech qachon hozirgidek birlashmagan edi – biz har qanday masalaga barcha uchun manfaatli eng maqbul yechimlarni birgalikda topishimiz mumkinligini amalda isbotladik.
O'zbekiston birlik, adolat va muloqot tarafdoridir – ayniqsa, islom olamida keskinlashib borayotgan mojarolar fonida bu yanada dolzarbdir. Biz tinchlikka erishish, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va insonparvarlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash zaruratini yana bir bor qat'iy ta'kidladik".