24-07-2025 06:01
Ta’kidlanishicha, hujumchilar maxfiy ma’lumotga yo‘l topa olmagan. Vazirlik hujum muassasaga sezilmas ta’sir ko‘rsatgani, mutaxassislar tomonidan zararlangan tizim tiklanayotganini bildirdi.
“Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar harakati AQSH Ta’lim vazirligi, va boshqa bir qator davlat darajasidagi idoralar, shuningdek Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari hukumatlariga tegishli tizimlarga ham daxl qilgan.
“Microsoft” shirkati fikricha, hodisa Xitoyga aloqadorligi taxmin qilinayotgan “Linen Typhoon” va “Violet Typhoon” guruhlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.