22-07-2025 10:17
Bu haqda Qozog‘iston Moliyaviy monitoring agentligi (MMA)ga tayanib, Tengrinews xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari mazkur yer osti transheyasi orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga yoqilg‘i olib o‘tilayotganini aniqlashdi.
Tunnel O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ko‘magida o‘tkazilgan operatsiya natijasida fosh etilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur jinoiy faoliyat ikki oydan buyon amalga oshirib kelingan. Kontrabanda uchun barqaror logistika tizimi, xorijdan moliyalashtirish va yetkazib berish kanali tashkil etilgan.
O‘zbekiston hududida ham parallel ravishda chora-tadbirlar ko‘rilgan va jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham aniqlangan. Qozog‘istonda besh nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida javobgarlikka tortilgan. Hozirda tergov ishlari yakunlanib, jinoyat ishi sudga topshirildi.