19-07-2025 15:31
Ushbu chempionat Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joriy yilning 24-iyul kunidan 3-avgust sanasiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatimizda ushbu sport turida ilk bor tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi g‘oliblik uchun bellashadi.
Bu nafaqat O‘zbekiston voleybol tarixi, balki butun Markaziy Osiyo sport hayotida muhim burilish bo‘lishi kutilmoqda.
Bellashuvlar «Yunusobod» sport majmuasi hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zallarida tashkil etiladi.
«A» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokiston jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoamizning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:
1-tur: O‘zbekiston – Turkiya (24-iyul)
2-tur: O‘zbekiston – Pokiston (25-iyul)
3-tur: O‘zbekiston – Puerto-Riko (26-iyul)
4-tur: O‘zbekiston – Argentina (28-iyul)
5-tur: O‘zbekiston – Belgiya (29-iyul)