Eng qimmati Toshkent, eng arzoni Fargʻonada — palov narxlari eʼlon qilindi
03.09.2024 12:15
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 2024-yil avgust oyi holatiga eng qimmat osh Toshkent shahrida — 1 porsiyasi 31,400 soʻm ekanligi qayd etilgan. Eng arzoni esa Fargʻona viloyatida — 1 porsiya osh 24,400 soʻm.
“Narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan. Palov narxlarini roʻyxatga olish uchun umumiy ot kuzatilgan obyektning oʻtgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi”, — deyilgan agentlik xabarida.
Quyida respublikamizdagi barcha hududlarda 1 porsiya palovning oʻrtacha narxlarini keltiramiz: