10-07-2025 10:51
Qayd etilishicha, FIFA tomonidan 10-iyul kuni e’lon qilingan yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 1449,12 ochko bilan 55-o‘ringa ko‘tarildi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasida (AFK) O‘zbekiston milliy jamoasi kuchli o‘ntalikdan joy oldi.
Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (17-o‘rin, apreldagi reytingdan 2 pog‘ona pastlagan), Eron (20, -1), Janubiy Koreya (23, o‘zgarishsiz), Avstraliya (24, +2) va Qatardan (53, +2) keyin 6-o‘rinda bormoqda. O‘zbekistondan so‘ng ketma-ket o‘rinlarni Iroq (28, +1) va Saudiya Arabistoni (59, -1) egallagan.