09-07-2025 05:03
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan Bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
2026-yildan QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini realizatsiya qilgan tadbirkorlarga BHMning 150 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanadi.