08-07-2025 10:48
Moskva shahrida telefonidagi geolokatsiyasi o‘chirilgan migrantlar ro‘yxatdan chiqariladi. Tegishli buyruq loyihasi Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, deb xabar berdi TASS.
Ta’kidlanishicha, migrantlarni ariza orqali ro‘yxatdan chiqarish tartibi ishlab chiqilgan. Buyruq 2025-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi va 2029-yil 1-sentyabrgacha amal qiladi.
Agar migrant o‘z mobil qurilmasida geolokatsiyani o‘chirib qo‘ysa va uch kun davomida ilova orqali manzili haqida xabar bermasa, u 24 soat ichida ro‘yxatdan o‘chiriladi. Buyruq yaqinda qabul qilingan qonunni amalga oshirishga taalluqli bo‘lib, unda vizasiz xorijliklar maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tish va o‘z joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha eksperiment o‘rnatishga qaratilgan.
Ro‘yxatdan o‘chirish uchun migrantning Rossiyadan chiqib ketgani haqidagi ma’lumotlar ham asos bo‘ladi.
Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi Moskva va Moskva viloyatida migrantlarni kuzatish va hisobga olishning qo‘shimcha mexanizmlarini nazarda tutuvchi eksperiment joriy etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan edi.
Deputatlar tomonidan taklif etilayotgan tuzatishda chet elliklar uchun quyidagilar nazarda tutilgan:
Agar migrantlar haqiqiy yashash joyini o‘zgartirsa, bu haqda uch ish kuni ichida Ichki ishlar vazirligiga xabar berishi shart.