Yevropa Tramp hokimiyatga kelsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirmoqchi.
Yevropa diplomatlari Donald Trampning AQSH prezidentligiga ehtimoliy qaytishi G‘arbning Moskvani yakkalab qo‘yish strategiyasiga putur yetkazishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
“Reuters” agentligi Yevropa Ittifoqi rasmiylari va elchilari Vashington siyosatini o‘zgartirgan taqdirda Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini kuchaytirishga tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qildi.