Oybek Shaxavdinov Oʻzbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchixonasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Bildirilishicha, kecha, 24-oktyabr kuni Lyublyana shahrida Oybek Shaxavdinov Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligida diplomatik protokol boshqarmasi boshligʻi Natasha Praxga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Sloveniya oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
Maʼlumot uchun, Oybek Shaxovdinov joriy yilning mart oyida Oʻzbekistonning Vengriyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan boʻlib, qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan. 23-oktyabr kuni esa u Oʻzbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi etib ham tayinlangandi.