30-06-2025 10:15
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi vakili Oyxon Hojizode 2025-yil 24-fevral kuni “Sputnik Ozarbayjon”ning faoliyati tugatilganini va agentlik faqat bitta muxbir uchun akkreditatsiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. Bungacha “Sputnik Ozarboyjon” xodimlari soni 40 nafar bo‘lgan. Shunga qaramay, agentlik o‘z faoliyatini davom ettirgan va uning xodimlari ishga kelishda davom etgani aniqlangan.
Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar 27-iyun kuni Yekaterinburgda ozarbayjon millatiga mansub 50 dan ortiq shaxs qo‘lga olinganidan so‘ng keskinlashdi. Qo‘lga olish chog‘ida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan. Boku bu ish bo‘yicha aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova esa qo‘lga olinganlar Rossiya fuqarolari ekanini bildirdi.
Mazkur voqea ortidan Ozarbayjon parlamenti delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi va Rossiya Federal Majlisi o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Shuningdek, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi Rossiyaning davlat va xususiy muassasalari tomonidan Ozarbayjonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha qo‘shma madaniy tadbirlarni bekor qildi.