“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalyos tez orada klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda TodoFichajes portali xabar berdi.
Manbaga koʻra, madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmayotgan tajribali futbolchiga La Liga vakili “Betis” qiziqish bildirmoqda.
Eʼtiborli jihati shundaki, 28 yoshli futbolchi aslid “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar Sebalyosni 2017-yili bu klubdan 16,5 million yevroga transfer qilgan edi.
Dani orada ikki mavsum ijara asosida “Arsenal”da ham oʻynab keldi.
Yangi mavsumda Dani Sebalyosda “Real”ning asosiy tarkibiga kirish imkoniyati oshgani aytilmoqda. Bu birinchi navbatda, maydon markazi vakillaridan Toni Kroos faoliyatini yakunlagani va uning oʻrniga boshqa oʻyinchi olinmagani hamda Jud Bellingem jarohat olib safdan chiqqani bilan bogʻliq.
Madridliklar bilan 2027-yilning yozigacha hamkorlik qilishi belgilangan Dani Sebalyos Transfermarkt portali tomonidan 6 million yevroga baholanmoqda.