Qayd etilishicha, Sherzodjon Polvonov mazkur lavozimda mart oyidan buyon ishlab kelgan va oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod etilgan Sherzod Rahimov oʻrnini egallagan.
Maʼlumot uchun, Sherzodjon Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magistratura)ni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi kommunal xizmat koʻrsatish departamenti bosh mutaxassisi sifatida boshlagan.
Polvonov hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boʻldi. U bunga qadar Mahallalar uyushmasining Mahallalar obodligini taʼminlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.
Faoliyati davomida viloyat hokimligi yetakchi mutaxassisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Fargʻona shahri hamda viloyati kengashlari raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi boʻlim mudiri, Fargʻona shahri hokimining oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsulxonasi xodimi, 2020-2024-yillarda Tashqi mehnat migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi rahbari boʻlgan.