06-10-2025 10:30
Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari izchil davom etmoqda. Shu doirada kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) “Maxtumquli” ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik osti qismida ta’mirlash ishlari boshlandi.
Shu sababli, 2025 yil 5 oktyabrdan 1 noyabrgacha ushbu hududda transport vositalari harakati qisman cheklanadi.
Yo‘ldagi noqulayliklar vaqtinchaligini ta’kidlash joiz: ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng, 1 noyabr kuniga qadar harakat to‘liq tiklanadi.