02-10-2025 11:16
Unga ko‘ra, 1-oktyabr kuni soat 16:00 larda Samarqand shahar “A.Temur” mahallasi hududida 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. (erkak) o‘ziga tanish bo‘lgan fuqaro M.A. (ayol) bilan sayr qilib yurgan vaqtida ular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Fuqaro erkak mazkur kelishmovchilikni hal qilish maqsadida ayolga avtomashinaga o‘tirishni taklif qilgan, biroq u bunga rozi bo‘lmagach, uni majburan avtomashinaga o‘tqazishga uringan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida ayol mazkur holat bo‘yicha erkakka nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan M.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborildi.
Zo‘ravonlik — jinoyat
2025-yilning dastlabki choragida esa 24 mingdan ortiq ayolga himoya orderi berilgan, 1 700 nafarga yaqin ayolga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 202 nafar ayol reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.
2024‑yilda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat va ma’muriy javobgarlikka tortilganlar soni oshib, hukumat “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” kampaniyasini amalga oshirdi.
Shu yilning o‘zida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 54 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlarning 625 nafari ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan. Aynan shu statistika 2023-yilda: tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan.