02-10-2025 09:27
O‘zbekiston delegatsiya Iordaniya mamlakatida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Delegatsiya a’zolari va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn o‘rtasida o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov hamda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov ishtirok etdi.
Uchrashuvda Prezident maslahatchisi Sardor Umrzoqov Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Janobi Oliylariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida hamkorlik aloqalarida yangi davr boshlanganini e’tirof qildi.
O‘z navbatida Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikni yuqori baholab, hamkorlikni davom ettirish va mavjud o‘sish imkoniyatlaridan, xususan, savdo, sarmoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalarida foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari kun davomida Qirol hazratlarining Din va madaniyat masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi, shahzoda Amir G‘oziy, Vaqf islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad al-Halayala, Iordaniya bosh muftiysi Ahmad al-Hasanot hamda Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.