02-10-2025 09:21
Nizomga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ariza beruvchi qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish uchun belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi.
Vakolatli organ 15 ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi.
Belgilangan talablar bajarilganda hamda O‘zbekistonning kadrlar tayyorlash sohasiga mos bo‘lganda, qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha ijobiy xulosa beriladi.
Ijobiy xulosaga asosan texnikum bilan xorijiy ta’lim tashkiloti o‘rtasida kelishilgan muddatlarda belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.
Qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘quvchilar texnikum tomonidan hamkor xorijiy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.
Bitiruvchilarga xorijiy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda hamda O‘zbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat) beriladi.