29-09-2025 10:32
Kuni kecha Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» MFY hududidagi Chimyon tog‘iga 7 nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolishi natijasida tog‘dan tusholmay qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar tog‘dan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Tan jarohati olganlar yo‘q.