O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna go‘sht sotib oladi
28-06-2025 12:07
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2000 tonna halol ot va qo‘zi go‘shtining birinchi partiyasini sotib olishga rozi bo‘lgan.
Bunga Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Enxbayar Jadamba hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov o‘rtasidagi uchrashuvda kelishilgan.