17-09-2025 11:16
Ma’lum qilinishicha, u xizmat mavqeidan foydalanib, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni tanishlari orqali viloyat Bojxona boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi, tergov harakatlari davom etmoqda.