15-09-2025 10:00
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov «Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquqiy himoyasini ta’minlash» mavzusidagi konferensiyada ma’lum qilishicha, bolalarning 1475 nafari ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 956 nafari uncha og‘ir bo‘lmagan, 284 nafari og‘ir, 157 nafari esa o‘ta og‘ir jinoyatlardan jabrlangan..
«Sukut saqlash madaniyati zo‘ravonlikka qarshi qat’iy kurashishda eng katta to‘siqlardan biri hisoblanadi», dedi Olloyorov.
Agentlik ishonch telefoniga kelgan murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan uch barobar oshgan. Joriy yilda kelib tushgan 340 ta murojaatning 159 tasi qonun talablariga ko‘ra o‘rganilgan, qolganlariga psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatilgan.
Olloyorov bolalar xavfsizligi qonunchilik asosida mustahkamlanayotganini qayd etdi. Jumladan, internet orqali jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi, pedagoglar bolalarni himoya qilish majburiyatlarini bajarmasa, javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish qoidalari yangicha belgilanib, ular ishtirokida sayyor sud majlislari bekor qilinadi.
Uning ta’kidlashicha, qonun faqat boshlanish nuqtasi bo‘lib, uning qiymati amaliy ishlar va jamiyatning jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bilan belgilanadi. U ijtimoiy himoya xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari va fuqarolik jamiyati vakillarini kuchlarni birlashtirib, bolalar manfaatlarini himoya qilishga chaqirdi.
Avvalroq uch yil avval qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ayol o‘sha farzandini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.