15-09-2025 09:58
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 12 ta ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda 1452 ta obyekt xatlovdan o‘tgan, 174 ta tungi reyd tashkil etilgan. Natijada 154 shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 179 ta qonunbuzarlik bartaraf etilgan. Shuningdek, 11 ta zamonaviy qozon, 19 ta filtr va 12 ta chang tozalash uskunalari o‘rnatilgan.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri va viloyatida 1233 ta yirik sanoat korxonasi 5 mln tonnadan ziyod ko‘mir va 262 ming tonna mazutdan foydalangan. Angren va Yangi Angren IESlari esa atmosferaga 134 ming tonnaga yaqin chiqindi tashlab, umumiy ko‘rsatkichning qariyb 19 foizini tashkil qilgan.
Ekspertlar ta’kidlashicha, ko‘mir va mazutdan foydalanish katta zarar keltiradi: 1 tonna ko‘mir yonishi natijasida yuzlab kilogramm kul va o‘nlab kilogramm zararli gazlar havoga chiqadi. Shu bois, 2025–2028 yillarga mo‘ljallangan filtr o‘rnatish dasturi tezlashtirilib, muddatlar 2026 yil sentyabriga qadar qisqartirildi.
11 sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda esa ekologik xavfli korxonalarni poytaxtdan Toshkent viloyatiga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilgan.