Muzliklar erishi tufayli ikki davlat chegarasi o‘zgaradi
01.10.2024 13:49
Ikki davlat o‘rtasidagi chegara asosan muzlik tizmalari yoki erimagan qor hududlari bilan belgilanadi, biroq so‘nggi yillarda muzliklar hajmining keskin kamayishi bu tabiiy chegaralarning siljishiga sabab bo‘ldi. Kiritilgan o‘zgarishlar sodir bo‘lgan haqiqiy geografik o‘zgarishlarni aks ettiradi, deb xabar bermoqda BBC.
O‘zgarishlar ta’siri ostidagi hududning bir qismi Yevropadagi eng baland cho‘qqilardan biri va mashhur tog‘-chang‘i kurorti Matterxorn yonbag‘irlari bo‘ylab o‘tadi.
Chegarani o‘zgartirish loyihasi 2023-yil may oyida Shveysariya-Italiya qo‘shma guruhi tomonidan tayyorlangan. Shveysariya kelishuvni ma’qulladi, Italiya hali imzolamadi.
Shveysariya juma kuni chegarani qayta ko‘rib chiqish har ikki davlatning iqtisodiy manfaatlariga mos kelishini aytdi, chunki bu ularning qaysi biri har qanday tabiiy hududni saqlash uchun javobgar ekanligi to‘g‘risida kelishib olishga yordam beradi.
2023-yilda Shveysariya muzliklari hajmining 4 foizini, 2022-yilda esa 6 foizini yo‘qotdi. Bu yozning issiqligi va qishda qorning yetishmasligi bilan bog‘liq. Olimlarning ogohlantirishicha, keyingi isish muzliklarning erishini tezlashtiradi.
Yana shunisi e’tiborliki, eriyotgan muzliklarda topilmalar topildi: Bular 1986 yilda g‘oyib bo‘lgan alpinistning qoldiqlari va 1968 yilda halokatga uchragan samolyot qoldiqlaridir.